07.12.2023
130
FORS TILIDA POLISEMIYANING FE’LLAR ORQALI NAMOYON BOʻLISHI

Muallif: Ahmedova, Dilfuza Rafukjanovna

Annotatsiya: Polisemiya tilning ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganilishi zarur bo‘lgan hodisasi hisoblanadi. Uning nazariy hal etilishi esa tilning mantiq bilan bog‘liq, u bilan aloqador tomonini aloqadorlik qonuniyatlarini hal qilib chiqish bo‘ladi. Uning amaliy tomoni esa tarjima, izohli lug‘at kabi lug‘atlar strukturasi demakdir. Polisemiya so‘zning semantik strukturasi nuqtai nazaridan olib o‘rganiladi. So‘zning semantik strukturasi esa uning obyektiv borliq bilan bog‘liq tomonidir. Ma’lum tildagi polisemiya o‘rganilar ekan, o‘sha xalqning tarixiy taraqqiyoti, fikrlash doirasi, nuqtai nazari kabilarga ham e’tibor berilgan bo‘lardi. Til boyligining mana shunday tarmog‘i esa, to‘laligi bilan olib qaralganda, tekshirish obyekti bo‘lmay kelmoqda. U ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, mana shunday muammoli masala barcha xalqlar tilshunosligida hamon e’tibordan chetda turibdi. Eron tilshunoslari tomonidan ham fe’llarda koʻpma’nolilik, xususan soda fe’llar ma’nolari boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan. So‘zning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga - hozirgi leksik ma’nolarga va avvalgi leksik ma’nolarga ajratiladi. Hozirgi leksik ma’no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, avvalgi leksik ma’nolar esa til taraqqiyotining o‘tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma’no tavsifiy semasiologiyada, avvalgi leksik ma’nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o‘rganiladi. Mavzuimiz obyekti bo‘lgan fors tilidagi sodda fe’llarda polisemiya masalasi ham shular jumlasidandir.

Kalit so'zlar: polisemiya, koʻchma mano, ma’no koʻchishi, leksik ma’no, soda fe’l, uzual va okkozional ma’no, metonimiya, metafora, sinekdoxa

Jurnaldagi sahifalar: 855 - 877

Yuklab olish