Muallif: Nazarov, Vafoqul Rajabboyevich
Annotatsiya: Ushbu maqolada fors tili fe’l tizimida lingvistik interferensiyaning ikki manbai - arab va Yevropa o‘zlashmalarining mahsuldorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi o‘zlashmalarning analitik fe’l modellariga moslashishini, verbalizatsiya qoliplarini va funksional tafovutlarini aniqlashdir. Ishda diaxronik, tavsifiy, komponentli va qiyosiy-tipologik metodlar qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, arab o‘zlashmalari tarixan chuqur integratsiyalashgan va asosan masdar hamda abstrakt otlar negizida yengil fe’llar bilan sermahsul predikativ birliklar hosil qiladi. Yevropa o‘zlashmalari esa modernizatsiya, axborot texnologiyalari, media va shahar nutqi bilan bog‘liq bo‘lib, tezkor sohaviy mahsuldorlikka ega. Xulosa shuki, interferensiya grammatik buzilish emas, balki mavjud analitik verbal modelning yangi leksik materialni moslashtirish mexanizmidir.
Kalit so'zlar: fors tili, lingvistik interferensiya, arab o‘zlashmalari, Yevropa o‘zlashmalari, yengil fe’l, qo‘shma fe’l, analitik predikatsiya, mahsuldorlik, grammatik integratsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 462 - 475