Muallif: Xabibillayev, Nodirbek Nosirjon o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tili fonologik tizimidagi ziddiyatlar (oppozitsiyalar)ning paradigmatik tuzilmasi strukturaviy-fonologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Fonologik ziddiyat fonemalar orasidagi differensial munosabat sifatida izohlanib, til tizimining ma’no farqlovchi mexanizmini belgilovchi asosiy birlik sifatida talqin etiladi. Tadqiqot N. Trubetskoyning “Grundzüge der Phonologie” (1939) asaridagi nazariy asosga tayanadi hamda fonemalarning differensial belgilar (±voiced, ±nasal, ±continuant) orqali tizimlanishini yoritadi. O‘zbek tili materiali asosida fonologik oppozitsiyalarning to‘liq, qisman, fonetik va fonologik turlari aniqlanib, jarangli–jarangsiz undoshlar paradigmasi orqali ularning matritsali modeli taklif etiladi. Neytrallanish hodisasi esa ziddiyatlarning kontekstual kuchsizlanish shakli sifatida izohlanadi. Natijalar o‘zbek tili fonemik tizimi differensial belgilar asosida tashkil topgan paradigmatik tarmoqdan iborat ekanini ko‘rsatadi. Fonologik ziddiyatlar ushbu tarmoqda semantik chegaralarni belgilab, til tizimining strukturaviy barqarorligini ta’minlaydi.
Kalit so'zlar: fonologik ziddiyat, fonema, paradigma, differensial belgi, neytrallanish, o‘zbek tili, Trubetskoy.
Jurnaldagi sahifalar: 296 - 301