10.01.2022
460
Fatxutdinova, I. A. (2021). TARJIMADA EKVIVALЕNTLIKNING MULOQOT MAQSADINI IFODALASH VOSITALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 140-149.

Muallif: Fatxutdinova, Iroda Atxamovna

Annotatsiya: Tarjimashunoslikda ekvivalentlik masalasiga doir mavzular, ekvivalentlikning yuzaga kelishida darajalarning o‘rni, qo‘llash uslubi masalasi dolzarb muammolardan sanaladi. Maqsad: ekvivalentlik masalasida ko‘tarilgan muammoni aniqlash, ekvivalentlik darajalarining ahamiyatini belgilash, asliyat va tarjima matni o‘rtasida ekvivalentlikning ma’noviy yaqinligini qiyoslashdan iboratdir. Vazifalar: tarjimada ekvivalentlikning o‘rganilganlik darajasini aniqlash, muloqot maqsadini saqlab qolishda iboralar orqali o‘rganish, o‘hshatishlar, xos so‘zlarda ma’noviy ekvivalentlik darajasini aniqlash. Asliyatdagi iboralar, o‘xshatishlarning tarjima matniga ko‘chgan shakli tadqiqotimizning ob’ekti bo‘lib, tarjima matnidagi ekvivalent shakllari tadqiqot predmeti hisoblanadi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil metodidan foydalanildi. O’zbek tarjimashunosligida badiiy matn tarjimasi ekvivalentlik darajalari ilk marotaba o‘rganib chiqish tadqiqotning ilmiy yangiligini belgilaydi.Tadqiqot materiallaridan “Tarjimashunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Madaniyatlararo muloqot” fanlarni o‘qitishda foydalanish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishi kirish, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Asliyat va tarjima matnidagi ekvivalent iboralarda ma’noning siljishi kuzatilib, asliyatdagi iboralar tarjima maydoniga ko‘chganda ma’nosi torayib, yangi ma’noni qo‘shimcha sifatida olishi kuzatildi.

Kalit so'zlar: Ekvivalentlik, adekvatlik, referentsiya, kommunikatsiya, denotativ, ekspressiv, fatik, metalingvistik funktsiya.

Yuklab olish