Muallif: Mirzayeva, Odina Imomnazar qizi
Annotatsiya: Ushbu maqola Farg’ona viloyat mehnat bozorining rivojlanishidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari o'rganishga bag'ishlangan. Mehnat bozoridagi tendentsiyalarni tahlil qilish va prognozlash uchun statistik usullarning ahamiyati tobora ortib borayotgan bir paytda, bu mavzu dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, O'zbekiston mehnat bozorining o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalari tahlil qilinadi. Xususan, mehnat resurslarining soni va tarkibi, ish bilan bandlik va ishsizlik darajasi, ish haqi dinamikasi kabi muhim ko'rsatkichlarni yanada aniqroq hisoblash usullari taklif etiladi. Tadqiqot natijalarida viloyat mehnat bozorining rivojlanishidagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yechimlari keltirilgan
Kalit so'zlar: Gender tengsizligi ,mehnat bozori statistikasi, migratsiya va “miya qochish, ish bilan bandlik, ishsizlik, ish haqi, mehnat resurslari, ekonometrik.
Jurnaldagi sahifalar: 344 - 351