02.04.2022
517
FANLAR TASNIFIDA DINIY VA DUNYOVIY ILMLARNING O‘ZARO NISBATI

Muallif: Isroilov, Asilbek Fozilovich; Qodirov, Muhammadjon

Annotatsiya: Diniylik va dunyoviylik masalasi azal-azaldan bashariyat oldidagi muammolardan sanalgan. Ularning yechimi borasidagi fikrlar turli allomalarning asarlarida berilgan. Jumladan, yurtboshimiz asarlarida ham ushbu mavzu bo‘yicha qator tavsiya va ko‘rsatmalar o‘zining ifodasini topgan. Xususan, davlat va din munosabatlari, dinning jamiyatni boshqarish jarayonida tutgan o‘rni va roli masalalari yuzasidan chuqur ilmiy-amaliy xulosalar berilgan. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi mazkur sohaga oid tadqiqotlarda jamiyatdagi hukmron mafkuraning har qanday sohada u, yo bu darajada aks ettirish nuqtai nazari mavjud bo‘lgani hech kimga sir emas. Chunki, o‘sha davrda olib borilgan aksar tadqiqotlar biryoqlama, dahriylik xususiyatiga ega edi. Shuning uchun tadqiqotda mazkur manbalarga ilmiy, tanqidiy nuqtai nazardan murojaat qilindi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, islom falsafasining diniy va dunyoviy jihatlari o‘zining boy, sermazmun g‘oyalari bilan nafaqat mamlakatimiz ilm-fan taraqqiyoti, balki jahon faniga ko‘rsatgan ta’siri, Sharqu G‘arb olimlarida ko‘p asrdan buyon katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda.

Kalit so'zlar: dialektika, sivilizatsiya, etika, mantiq, naturfilosofiya, fizika, dinshunoslik, optika,zoologiya,metafizika, kosmologiya, ritorika, poetika.

Yuklab olish