Muallif: Manshurov, Sherzod To‘ychiboyevich; Abdug‘aniyeva, Yulduzoy Shaxabidinovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada Excel faylida saqlangan test savollarini qayta ishlash va Python dasturlash tili yordamida avtomatik ravishda bir nechta tasodifiy variantlarni yaratish dasturi ishlab chiqilishi taqdim etiladi. Dastur savollarni Excel faylidan o‘qib oladi, matn va javob variantlarini ajratadi, javoblarni aralashtiradi va to‘g‘ri javobni qayta belgilaydi. So‘ngra belgilangan miqdorda (masalan, 40 ta) test variantlarini yaratadi, har birida ma’lum miqdorda savollar bo‘ladi va ularni yangi Excel fayliga alohida sahifalarda saqlaydi. Ushbu yondashuv test variantlarini tayyorlashda avtomatlashtirish, moslashuvchanlik va samaradorlikni ta’minlab, adolatli baholashni qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘qituvchilar ishini yengillashtiradi.
Kalit so'zlar: Python dasturlash, Excel fayl, Test savollari, Variant yaratish, Javoblarni aralashtirish, Avtomatlashtirish.
Jurnaldagi sahifalar: 765 - 772