Muallif: Abralov, Olim; Umurzoqov, Jamshid
Annotatsiya: Maqolada inson faoliyatining kengayishi va tabiatga ta'sirining ortishi noyob va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini saqlash va tiklashni, shuningdek, sutemizuvchilar xilma-xilligi va ekologik barqarorlikni saqlashni taqozo etayotgani ta'kidlangan. Tadqiqot natijasida hududda yashovchi 19 ta sutemizuvchi turi uchta ekologik guruhga bo'lingan: quruqlikdagi biotop guruhi, yer osti inlarida yashovchi turlar guruhi va suv biotop guruhi.
Kalit so'zlar: Hayvonlarning xilma-xilligi, antropogen omillar, bioekologik xususiyatlar, populyatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 88 - 92