Muallif: Isayeva, Sadoqat Rustamovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada dukkakli ekinlar, xususan, loviya o‘simligining barg sathi o‘zgarishini aniqlash va barg sathi indeksining (BSI) ahamiyati yoritilgan. Turli mamlakatlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida barg sathini aniqlashning an’anaviy va zamonaviy usullari (raqamli fotosurat, optik sensor, dron, sun’iy yo‘ldosh) tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, BSI o‘simliklarning o‘sishi, hosildorlik darajasi hamda agrotexnik chora-tadbirlarni rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, barg sathini o‘simlikka zarar yetkazmasdan aniqlash imkonini beruvchi nondestruktiv usullar samarali ekanligi qayd etilgan.
Kalit so'zlar: loviya, barg sathi, barg sathi indeksi, hosildorlik, nondestruktiv usul, agrotexnika.
Jurnaldagi sahifalar: 228 - 231