25.11.2025
61
DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI YECHISHNING ANALITIK VA SONLI USULLARINI TAQQOSLASH

Muallif: Jonqobilov, J.T.

Annotatsiya: Ushbu maqolada differensial tenglamalarni yechishning asosiy ikki yo‘nalishi — analitik (aniq) va sonli (taxminiy) usullar tahlil qilingan. Analitik usullar differensial tenglamaning yechimini aniq matematik ifoda ko‘rinishida olish imkonini bersa, sonli usullar murakkab va chiziqsiz tenglamalar uchun taxminiy yechimlarni hisoblashga asoslanadi. Maqolada har ikkala usulning afzalliklari, kamchiliklari, qo‘llanilish sohalari hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy kompyuter dasturlari (MATLAB, Maple, Python, Wolfram Mathematica) yordamida sonli hisoblashlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada, analitik va sonli usullarni birgalikda qo‘llash differensial tenglamalarning amaliy va nazariy yechimlarini topishda eng samarali yondashuv ekanligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: differensial tenglama, analitik usul, sonli usul, Runge–Kutta, Euler usuli, kompyuter modellashtirish, taxminiy yechim.

Jurnaldagi sahifalar: 600 - 604

Yuklab olish