26.11.2023
176
DIALOGIK DISKURSDA SHAXS RUHIYATINING IFODALANISHI

Muallif: Qazaqova, Nozima Abdulboqiyevna

Annotatsiya: Diskurs tushunchasi bugungi zamonaviy tilshunoslikda markaziy tushunchalardan sanaladi. Diskurs ijtimoiy, madaniy, etnik, psixologik, emotsional-ekspressiv qimmatga ega bo’lgan va lisoniy hamda nolisoniy birliklar uyg’unligi vositasida tarkib topadigan, so’zlovchi va tinglovchi munosabati, nutqiy vaziyat, so’zlovchining kommunikativ strategiyasini aks ettiruvchi muloqot jarayoni, kommunikativ-pragmatik-lingvistik hodisa sanaladi. Mazkur xususiyatlar badiiy matn nuqtayi nazaridan qaraganda dialogik diskurslarda to’liq reallashadi. Mazkur maqolada dialogik diskursning pragmalingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Dialogik diskursning shaxs ruhiyatini ifodalashdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada antroposentrik tilshunoslik metodologiyasiga asoslaniladi. Diskurs va unda shaxs ruhiyatining ifodalanishi masalasida pragmatik omillarga alohida ahamiyat beriladi.

Kalit so'zlar: diskurs, dialogik diskurs, matn, nutq birligi, emotsional-baholovchi leksika, nutqiy faoliyat, muloqot.

Jurnaldagi sahifalar: 388 - 392

Yuklab olish