02.04.2022
375
DARSLARDA TRENINGLARDAN FOYDALANISH TALABALAR KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZARURIY SHARTI SIFATIDA

Muallif: Amirov, Nurbek Islamovich

Annotatsiya: Bugungi zamonaviy sharoitda o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalarning o‘quv-bilish faolligini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish hamda samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi hech kimga sir emas. Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim amaliyotida qo‘llanilayotgan amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Trening - (ingliz tilidan training-train - o‘qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo‘lib, u o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Trening mobaynida o‘qituvchilar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari rivojlanib boradi. Bu o‘quvchi-talabalar faoliyatiga mo‘ljallangan ta’lim shakli bo‘lib, nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar orqali puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

Kalit so'zlar: trening, innovatsion xarakter, axborot almashinuvi, kasbiy kompetentlik, izyuminka, interfaol strategiya, debrifing (xulosa), talabalar faoliyati.

Yuklab olish