Muallif: Sirojiddinova, Robiyaxon Ibrohimxoʻja qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada dariy tili iqtisodiy terminologiyasida qo‘llaniladigan birikmali terminlarning lingvistik xususiyatlari tizimli va struktur jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda birikmali terminlarning shakllanish omillari, ularning semantik tuzilishi, komponentlararo munosabatlari hamda iqtisodiy terminologik tizimdagi o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, dariy tilidagi iqtisodiy sohada keng qo‘llaniladigan ikki va ko‘p komponentli birikma terminlarning turlari aniqlanib, ularning ilmiy matnlardagi funksional ahamiyati ochib beriladi. Maqola natijalari iqtisodiy terminlarni izchil qo‘llash, ularni tartibga solish hamda me’yorlashtirish jarayonida muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Afgʻoniston, dariy tili, iqtisod, iqtisodiy terminlar, moliya, birikma termin, oʻzlashma termin, ma’no kengayishi va ma’no torayishi.
Jurnaldagi sahifalar: 146 - 153