26.11.2023
140
CHUSTIYNING RADIF QO‘LLASH MAHORATI

Muallif: Otaxanova, Mahmuda Mamadaliyevna

Annotatsiya: Ma’lumki, ijodkor salohiyati va mahoratini belgilovchi unsurlardan biri bu radifdir. Ushbu maqolada aruznavis shoir Chustiy lirikasida qo‘llangan radif va uning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, shoirning radif qo‘llash bilan bog‘liq yuksak badiiy mahorati o‘rganilgan. Ijodkorning “Hayotnoma”, “Sadoqat gullari” devonlaridagi radifli va radifsiz, shu bilan birga, sodda va murakkab tarkibli radifga ega g‘azallar ilk marta miqdoriy ko‘rsatkichlarda berilgan va fikrlar aniq misollar bilan dalillangan.Chustiy lirikada radif qo‘llash borasida ham buyuk salaflari an’analari izidan ergashdi. Ayniqsa, so‘z sehrgari Alisher Navoiy ijodi shoir uchun ilhom manbai bo‘ldi. Shu kabi bir qator o‘ziga xosliklar maqolada yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: radif, qofiya, aruz, devon, sodda radif, tarkibli radif, juft so‘zli radif, an’ana, sarlavha, taxallus, badiiy mahorat.

Jurnaldagi sahifalar: 222 - 229

Yuklab olish