Muallif: Otaxanova, Mahmuda Mamadaliyevna
Annotatsiya: XX asrda yashab, mumtoz an’analar yo‘lida qalam tebratgan ijod ahli kam emas. Ular qatoriga Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Habibiy, Sobir Abdulla, Nabixo‘ja Nurillaxo‘ja o‘g‘li Chustiy, Asqarali Charxiy, G‘afur G‘ulom, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol kabi shoirlarni kiritish mumkin. Ana shunday shoirlardan biri Nabixon Chustiydir. Maqolada shoir hayoti va ijodining o‘zbek adabiyotshunosligida o‘rganilish jihatlariga e’tibor qaratilgan. Unda shoirning adabiy merosi, badiiy uslubi hamda ma’rifiy-estetik qarashlari turli davrlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida yoritiladi.
Kalit so'zlar: aruz, barmoq, she’riy tizim, devon, XX asr o‘zbek she’riyati, an’aana, o‘ziga xoslik, badiiy mahorat.
Jurnaldagi sahifalar: 388 - 395