Muallif: Samiyev, Ozod Fazliddin o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada Chor Rossiyasi davrida Amudaryoning Oʻrta Osiyo va Afgʻoniston qishloq xoʻjaligidagi strategik va iqtisodiy ahamiyati tarixiy hujjatlar, xaritalar va statistik ma’lumotlar asosida tahlil etilgan. Amudaryo suvlari orqali barpo etilgan yirik sugʻorish tizimlari, jumladan, Qarshi magistral kanali, Turtkul va Chimboy kanallari mintaqaning paxtachilikka ixtisoslashuviga olib kelgan. Shu bilan birga, bu siyosat uzoq muddatli ekologik muammolarga, xususan Orol dengizining qurishiga sabab bo‘lgan. Maqolada mazkur jarayonlarning tarixiy dinamikasi, ilmiy yondashuvlari va tadqiqotchilar qarashlari keng yoritilgan.
Kalit so'zlar: Amudaryo, Chor Rossiyasi, Sugʻorish tizimi, Paxtachilik, Qarshi magistral kanali, Turtkul kanali, Chimboy kanali, Orol dengizi muammosi.
Jurnaldagi sahifalar: 556 - 560