28.12.2025
9
“C5+XITOY: MARKAZIY OSIYODA YANGI GEOSIYOSIY PLATFORMANING SHAKLLANISHI VA UNING ISTIQBOLLARI”

Muallif: Shazamanov, Shoazim Ibragimovich;

Annotatsiya: Mazkur maqola “Markaziy Osiyo – Xitoy” (C5+Xitoy) formatining shakllanishi va 2023-yil Sian hamda 2025-yil Ostona sammitlari orqali institutsionallashuv jarayonini tahlil qiladi. Tadqiqotda “Markaziy Osiyo + 1” modeli mintaqaviy diplomatiyaning zamonaviy ko‘rinishi sifatida izohlanib, formatning normativ asoslari (suverenitet, aralashmaslik, “umumiy taqdir hamjamiyati/ruh” diskursi) va geoiqtisodiy yo‘nalishlari (transport yo‘laklari, savdo, energetika, “yashil” va raqamli hamkorlik) yoritiladi. Xulosada CA–Xitoy mexanizmi epizodik muloqotdan barqaror mintaqaviy boshqaruv arxitekturasiga o‘tayotgani va kelgusi natijalar amaliy ijro salohiyatiga bog‘liqligi ta’kidlanadi.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo – Xitoy, C5+Xitoy, “Markaziy Osiyo + 1”, institutsionallashuv, mintaqaviylik, geoiqtisodiyot, transport koridorlari, suverenitet, ko‘p tomonlama diplomatiya, “umumiy taqdir hamjamiyati”.

Jurnaldagi sahifalar: 336 - 347

Yuklab olish