19.05.2025
38
BUXORO AMIRI NASRULLOHXON DAVRIDA AMIRLIKDAGI SUV TAQSIMOTI VA MIROBLAR FAOLIYATIGA BIR NAZAR

Muallif: Jalilov, Abdumaruf Abduraupovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Nasrulloxon davrida Buxoro amirligida suv taqsimoti tizimi va miroblar institutining faoliyati tarixiy manbalar asosida yoritiladi. XIX asrda agrar jamiyat bo‘lgan amirlikda suv inshootlari dehqonchilikning asosi bo‘lgan. Suv resurslarining samarali taqsimoti va ushbu jarayonda miroblarning muhim roli, ularning vakolatlari va javobgarligi tafsilotli tahlil qilingan. Tadqiqotda tarixiy, tavsifiy, tahliliy va solishtirma metodlar qo‘llanilib, suv inshootlarining ishlash tizimi va suvdan foydalanish tartibi asosida amirlikdagi agrar boshqaruvning murakkab strukturasi ochib berilgan. Mirobona solig‘i tizimi va suvdan foydalanishdagi ijtimoiy-iqtisodiy adolat prinsiplari maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Kalit so'zlar: suv taqsimoti, Miroblar, Amir Nasrulloxon, sug‘orma dehqonchilik, suv inshootlari, mirobona solig‘i, Buxoro amirligi, XIX asr agrar boshqaruvi.

Jurnaldagi sahifalar: 550 - 555

Yuklab olish