05.06.2026
54
BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK OMILLARI

Muallif: Shamsiddinova, Elmira Muxammadjanovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kreativlikni rivojlantirishning psixologik-pedagogik omillari tahlil qilinadi. Kreativlik zamonaviy ta’lim tizimida pedagogning kasbiy kompetentligini belgilovchi muhim sifatlardan biri sifatida qaraladi. Tadqiqotda kreativlikning mazmun-mohiyati, uning shaxs rivojlanishidagi o‘rni, bo‘lajak pedagoglarning kreativ salohiyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi psixologik va pedagogik omillar ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalari, mustaqil fikrlash, refleksiya va motivatsiyaning kasbiy kreativlikni rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari pedagog kadrlar tayyorlash tizimida kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: kreativlik, kasbiy kreativlik, bo‘lajak pedagog, kreativ kompetensiya, psixologik omillar, pedagogik omillar, innovatsion ta’lim, refleksiya, motivatsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 16 - 24

Yuklab olish