21.06.2026
70
BO‘LAJAK MUHANDISLARNING GIDROLOGIK-STATISTIK KOMPETENSIYALARINI BOSQICHMA-BOSQICH RIVOJLANTIRISH VA BAHOLASH: BLOOM TAKSONOMIYASI DOIRASIDA RUBRIKA ASOSIDAGI FORMATIV BAHOLASH METODOLOGIYASI

Muallif: Egamov, M.X.

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarning gidrologik-statistik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish va ob'yektiv baholashga mo‘ljallangan, Bloom taksonomiyasining olti darajasini qamrab oluvchi rubrika asosidagi formativ baholash metodologiyasi taqdim etilgan. To‘qqiz mezondan iborat rubrika operativ, kognitiv va ijodiy kompetensiya klasterlari bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, psixometrik ko‘rsatkichlar (Cronbach α = 0,87; ICC = 0,83; CVR = 0,78) orqali tasdiqlangan. 94 nafar talaba ishtirokidagi eksperimental sinov kompetensiyalarning kumulyativ shakllanish qonuniyatini isbotladi: operativ (2–3-hafta), kognitiv (6–8-hafta), ijodiy (14–15-hafta). Metodologiya ABET akkreditatsiya standartlari talablariga mos keladi va muhandislik ta‘limida keng qo‘llanishi mumkin.

Kalit so'zlar: Bloom taksonomiyasi, rubrika, formativ baholash, gidrologik-statistik kompetensiya, operativ mezon, kognitiv mezon, ijodiy mezon, muhandislik ta‘limi, ABET standartlari, psixometrik tahlil.

Jurnaldagi sahifalar: 447 - 455

Yuklab olish