07.06.2026
35
BIN SIN USLUBINING EMOTSIONAL TABIATI

Muallif: Sodiqova, Dilafruz

Annotatsiya: Mazkur maqolada XX asr yangi xitoy adabiyotining yirik vakili, "4-may" harakati faoli Bing Xin (Se Binxin) ijodining janriy-uslubiy tabiati va lingvopoetik xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi adibaning "muhabbat falsafasi" konsepsiyasini hamda ayol yozuvchilarning xitoy adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rnini zamonaviy adabiyotshunoslik prizmasida qayta baholash zarurati bilan belgilanadi. Tahlil markazida klassik xitoy tili (wenyan) va G‘arb sintaktik modellarini zamonaviy so‘zlashuv nutqi (baihua) bilan sintez qilgan o‘ziga xos "Bing Xin uslubi" (Bing Xin ti) tadqiqi yotadi. Maqolada yozuvchining milliy adabiy til me’yorlashuviga qo‘shgan hissasi hamda so‘zlashuv tilini badiiy yuksaltirish mahorati tizimli yoritiladi. Tadqiqotda adiba nasridagi voqelik in’ikosi va "emotsiosentrizm" tamoyili o‘rganilib, inson, tabiat hamda ichki kechinmalar uyg‘unligidan iborat emotsionallikning "sintetik modeli" ochib beriladi. Shuningdek, Bing Xin ijodining bolalar adabiyoti hamda Tayvan madaniy renessansidagi o‘rni, zamonaviy sinologiyadagi retsepsiyasi umumlashtiriladi. Xulosada adiba asarlaridagi lirik ifoda, neologizm va evfemizmlardan foydalanish mahorati XX asr xitoy adabiyotidagi novatorlik tendensiyalarining in’ikosi ekanligi ko‘rsatiladi. Mazkur tadqiqot adibaning boy badiiy-lingvistik olamini tizimli tahlil qilish orqali zamonaviy sharqshunoslik fanlari rivojiga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Bin Sin, muhabbat falsafasi, Bin Sin uslubi, emotsiosentrizm, yangi xitoy adabiyoti, esseistika, lingvopoetika, sintetik model, bolalar adabiyoti.

Jurnaldagi sahifalar: 184 - 196

Yuklab olish