29.02.2024
123
BELGILARNI XALQARO RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI MADRID KELISHUVI BAYONNOMASI QOIDALARI VA SANOAT MULKINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA PARIJ KONVENSIYASINING BELGILARNI XALQARO RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI QOIDALARINING QIYOSIY TAHLILI

Muallif: Umarova, Xolisxon Nomoz qizi

Annotatsiya: Tovar belgilari (trademarks) mahsulotlarni yagona nom ostida iste’molchilarga tanitish, bozorda shu kabi raqobatdoshlar orasida ajralib turish hamda ular orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishda alohida ahamiyat kasb etadi. Boshqa intellektual mulk obyektlaridan farqli ravishda tovar belgilarining muhofazasi bir hudud doirasida bo‘lgani bois, ishlab chiqarish kengayishi va yangi bozorlarga kirib borish qo‘shimcha muhofaza bo‘yicha ham choralar ko‘rishni taqozo etadi. Quyidagi maqola orqali biz Belgilarni xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Madrid kelishuvi bayonnomasi qoidalari va sanoat mulkini himoya qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining belgilarni xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qoidalarini qiyosiy tahlilini o‘tkazish orqali belgilarni xalqaro miqiyosda ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritamiz.

Kalit so'zlar: tovar belgilari, xalqaro ro‘yxatga olish tizimlari, yagona ariza va yagona to‘lov, kelib chiqqan mamlakat, milliy rejim.

Jurnaldagi sahifalar: 492 - 501

Yuklab olish