10.01.2022
549
Bekmuradov, S. T. (2021). CHIG ‘ATOY ULUSIDA ILK BOSHQARUV SHAKLI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 249-265.

Muallif: Bekmuradov, Sandjar Tursunmamatovich

Annotatsiya: Chig‘atoy ulusi yoxud Chig‘atoy xonligi – Mo‘g‘ul imperiyasidan so‘ng Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon va uning vorislari hukmronlik qilgan yerlarni o‘z ichiga olgan mo‘g‘ul ulusi. XIII asr oxirlarida xonlik o‘zining eng yuqori cho‘qqisida Orol dengizining janubida Amudaryodan to hozirgi Mo‘g‘uliston va Xitoy chegarasidagi Oltoy tog‘larigacha cho‘zilgan. Chig‘atoy ulusidagi mo‘g‘ullari o‘zlarining boshqaruv tarzida asosan ko‘chmanchi bo‘lib qolishgan va XV asr oxirigacha shahar markazlarida o‘rnashishmagan. Chig‘atoy ulusidagi mo‘g‘ullar Movarounnahr va Tarim havzasidagi shahar aholisi ustidan hukmronlik qilganlar. Ma’lumki, ulusning dastlabki xoni Chig‘atoyxon bo‘ldi. Ammo savol tug‘iladiki, Chig‘atoy va uning navbatdagi xonlari ulus boshqaruvida to‘liq mustaqil bo‘lgan-mi? Aytaylik, Chingizxon o‘z imperiyasini farzandlariga bo‘lib berganida shunchaki markaziy boshqaruvga ya’ni, Xoqonga bo‘ysinish uchun nomiga bo‘lgan. Biroq avval boshidan Botu va keyinchalik Tulu xonadonlarining harakati aksincha markaz bilan hisoblashsada ko‘plab hollarda mustaqil edi. Ayonki, ko‘chmanchilik bilan shug‘ullanuvchi mo‘g‘ullarning o‘troq aholini boshqarish tajribasi yo‘qligi bois Chig‘atoyxon o‘ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Mahmud Yalavochga va uning avlodiga topshiradi. O‘zi esa umrining oxirigacha ukasi O‘qtoy Xoqon saroyida bosh maslahatchi hamda Yasoq qoidalarining tartibiga javobgar tarzida faoliyat ko‘rsatadi. Chig‘atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Markazga ya’ni, Qoraqurumga jo‘natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo‘shin xarajatlari yo‘lida sarf qilishgan. Bunda omma nafaqat mo‘g‘ul bosqoqlari, dorug‘alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Bu holatni biz manbalar orqali ko‘proq Chig‘atoy ulusida kuzatamiz. Qolgan uluslarda vaziyat o‘zgacha edi. Shu bois Chig‘atoydan so‘ng bir necha xonlar Markazdan butunlay mustaqil bo‘lishga, Movaraunnahr boshqaruvini qo‘lga kiritishga qattiq harakat qildilar. Bu holat Duvaxonga qadar davom etdi. Faqat Duvaxon davriga kelib Chig‘atoy ulusi to‘liq mustaqillikni qo‘lga kiritdilar.

Kalit so'zlar: Movaraunnahr, Chingizxon, Chig‘atoy ulusi, Mahmud Yalavoch, Baroq, Duvaxon, Muborakshoh, Jamol al-Qarshiy, Qoshoniy, Haraviy, Sayfuddin Boharziy, Botu, Munke, Qaydu, legitimlik.

Yuklab olish