21.04.2026
4
BANK XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI BANK DAROMADINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Muallif: Umarjonov, Kozimjon

Annotatsiya: Mazkur maqolada bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali bank daromadlarini oshirish istiqbollari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli transformatsiyaning bank faoliyatiga ta’siri, xususan operatsion samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va yangi daromad manbalarini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimi misolida raqamli xizmatlarning joriy etilishi natijasida kuzatilayotgan ijobiy dinamikalar statistik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida mobil banking, internet banking, onlayn kreditlash va fintech platformalarining ahamiyati ochib berilgan. Shu bilan birga, infratuzilma yetishmovchiligi, kiberxavfsizlik muammolari hamda raqamli savodxonlik darajasi bilan bog‘liq cheklovlar ham tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: raqamlashtirish, bank xizmatlari, bank daromadi, moliyaviy texnologiyalar (fintech), operatsion samaradorlik, raqamli bank xizmatlari, kiberxavfsizlik, innovatsion rivojlanish.

Jurnaldagi sahifalar: 413 - 423

Yuklab olish