30.11.2023
123
BADIIY MATNDA PEDAGOGIK TERMINLARNING MILLIY XUSUSIYATLARNI IFODALASHDAGI AHAMIYATI

Muallif: Husanxo‘jayev, Obidxon Mamutovich

Annotatsiya: Har qanday xalqning lug‘at boyligi tarkibida turli kasbga oid terminlar sistemasi mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos uzoq tarixiy ma’no taraqqiyotiga ega bo‘ladi. O‘zbek terminlogik sistemasida ham bir necha asrlardan buyon tilimiz lug‘at boyligida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan pedagogik terminlarning hozirga qadar ham tilshunoslik, shuningdek, pedagogika, psixologiya fanlari doirasida ham o‘rganilayotgani doimo masalaning dolzarb bo‘lgan tadqiqotlar sirasiga kirishidan dalolat beradi. Pedagogik terminlar milliy adabiyotimizdagi badiiy asarlar matnida ham o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlarni aks ettirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada badiiy matnga lingvopedagogik, kulturologik jihatdan yondashuvga alohida e’tibor qaratilgan. Badiiy matnda milliy ma’naviyat, madaniyat, ta’lim va tarbiya, milliy ruhning ifodalanishi personajlar nutqini tahlil qilish orqali yoritilgan. Badiiy matnda o‘zbek millatining lingvopedagogik va psixolingvistik qarashlari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Lingvopedagogika, lingvopedagogik kulturologiya, lingvokulturogik pedagogika, lingvokulturologiya, nutq madaniyati, til madaniyati, muloqot madaniyati.

Jurnaldagi sahifalar: 597 - 603

Yuklab olish