Muallif: Azimov, Abdixamidullo Xolmonovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada If Tomorrow Comes romani asosida inson shaxsining psixologik evolyutsiyasi, ijtimoiy adolatsizlik, adolat va qasos dialektikasi hamda intellektning ustuvorligi masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bosh qahramon Treysi Uitni obrazining uch bosqichli rivojlanishi orqali shaxsning ijtimoiy muhit va hayotiy sinovlar ta’sirida transformatsiyaga uchrashi ochib beriladi. Shuningdek, romanda aks etgan korrupsiya, institutsional adolatsizlik va ishonch inqirozi muammolari ilmiy jihatdan yoritiladi. Maqolada deterministik yondashuv asosida inson xulq-atvorining shakllanishi ijtimoiy sharoit bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Natijada, inson identiteti barqaror emasligi va u hayotiy tajribalar ta’sirida o‘zgarib borishi haqidagi ilmiy xulosa ilgari suriladi.
Kalit so'zlar: psixologik evolyutsiya, ijtimoiy adolatsizlik, determinizm, Treysi Uitni, adolat va qasos, intellekt va strategiya, korrupsiya, ishonch inqirozi, shaxs transformatsiyasi, zamonaviy roman.
Jurnaldagi sahifalar: 658 - 665