17.11.2025
14
AYOL RAHBARLARNING SIYOSIY BOSHQARUVDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI

Muallif: Ashurboyeva, Dinora Doniyor qizi; Yakubova, Shahzoda

Annotatsiya: Mazkur maqolada siyosiy tizimda ayol rahbarlarning roli, ularning yetakchilikka erishishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va bu jarayonning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim muassasalari va tashkilotlarda ayollar rahbarlik qilgan holatlarda kuzatiladigan ijobiy o‘zgarishlar, ayollar ulushini oshirish zarurati va bu borada davlat siyosati yoritiladi. Ayollarning rahbarlik faoliyati erkaklarnikidan kam emasligi, boshqaruvdagi jinsiy tafovutning sezilmasligi asoslab beriladi. “Ayollar faoliyat yuritayotgan joylarda tartib, adolat va madaniyat yuqori darajada bo‘ladi.” — Sh.M. Mirziyoyev

Kalit so'zlar: rahbarlik, strategiya, menejer, ta’lim tizimi, ayol yetakchilar, parlament, tenglik, psixologik muhit.

Jurnaldagi sahifalar: 322 - 325

Yuklab olish