Muallif: Nosirov, Baxtiyorjon Ixtiyorjonovich
Annotatsiya: Ushbu maqola atmosfera ifloslanishini masofaviy kuzatish va fazoviy xaritalashning ahamiyati, usullari va amaliy imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada sun’iy yo‘ldoshlar va boshqa masofaviy kuzatish texnologiyalari yordamida havodagi ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash, ularning konsentratsiyasini baholash va vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarni tahlil qilish jarayonlari tavsiflanadi. Shuningdek, yig‘ilgan ma’lumotlarni GIS dasturlari orqali fazoviy xaritalash va hududiy tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ekologik monitoring, havoning sifatini boshqarish va atrof-muhitni barqaror rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: Atmosfera ifloslanishi, masofaviy kuzatish, fazoviy xaritalash, sun’iy yo‘ldosh kuzatuvi, GIS, havo sifati monitoringi, ekologik nazorat, ifloslantiruvchi moddalar, barqaror rivojlanish.
Jurnaldagi sahifalar: 53 - 57