10.04.2025
79
ARAB-MUSULMON SHARQIDA MADANIYAT VA ILMIY-FALSAFIY FIKR TARAQQIYOTINING TARIXIY REKONSTRUKTSIYASI (VIII-XII ASRLAR)

Muallif: Mamadaliyev, A.A.; Izzetova, E.M.

Annotatsiya: Ushbu maqolada VIII–XII asrlarda Arab-musulmon Sharqida ilm-fan va falsafiy tafakkurning taraqqiyot jarayoni tarixiy rekonstruksiya, matnshunoslik va falsafiy-tahliliy metodlar asosida tadqiq etiladi. Bag‘dod, Buxoro va Damasq kabi ilmiy markazlarning shakllanishi, "Bayt al-Hikma" faoliyati, yunon, hind va fors tafakkuri bilan uyg‘unlashgan tarjima maktablari faoliyati yoritiladi. Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Al-Beruniy kabi mutafakkirlarning mantiq, metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, kimyo va siyosiy falsafa sohalaridagi ilmiy merosi tahlil qilinadi. Shuningdek, Sharq peripatetiklari faoliyati, sufiylik falsafasi, ratsionalizmning metodologik o‘rni hamda falsafa va ilohiyot o‘rtasidagi munozaralar ochib beriladi. Arab-musulmon tafakkurining Yevropa sxolastikasi va Uyg‘onish davriga ko‘rsatgan ta’siri baholanadi. Maqola yakunida ilm-fan taraqqiyotining sekinlashishiga olib kelgan siyosiy va diniy omillar, shuningdek, musulmon falsafasining zamonaviy dolzarbligi muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Arab-musulmon Sharqi, ilm-fan, Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino, ilmiy meros, tarjima maktabi.

Jurnaldagi sahifalar: 306 - 315

Yuklab olish