18.04.2026
13
AQSH VA G‘ARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA TA’LIM JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASHNING XUSUSIYATLARI

Muallif: Xolmuminova, Dilafruz Mamayusupovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada AQSH va G‘arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim jarayonlarini rivojlantirishda gender tengligini ta’minlashning institutsional, huquqiy va pedagogik asoslari kompleks ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqot xalqaro tashkilotlar, jumladan UNESCO va boshqa nufuzli manbalar hisobotlariga asoslanadi hamda gender tenglik siyosatining ta’lim tizimiga integratsiyasi masalalarini yoritadi. Maqolada rivojlangan davlatlarda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan strategiyalar, ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni, hamda o‘quv jarayonida teng imkoniyatlarni yaratish mexanizmlari chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, gender tenglikni ta’minlash orqali ijtimoiy adolatni mustahkamlash, inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish va barqaror rivojlanishga erishish masalalari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida samarali yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so'zlar: gender tenglik, ta’lim tizimi, inklyuziv ta’lim, ta’lim siyosati, xalqaro tajriba, pedagogik yondashuvlar, ijtimoiy adolat, ta’lim sifati, rivojlangan davlatlar, strategik rivojlanish.

Jurnaldagi sahifalar: 346 - 351

Yuklab olish