Muallif: Boysariyev, Muhriddin Muzaffar o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumat idoralari va nohukumat tashkilotlarining O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, AQSHning Savdo va rivojlanish agentligi (TDA), Xorijdagi xususiy investitsiyalar korporatsiyasi (OPIC), Eksport-import banki (EximBank), Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa federal institutlarning yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki yoritilgan. Maqolada ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar dinamikasi, banklararo hamkorlik, shuningdek, xalq diplomatiyasining iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdagi roli chuqur tahlil etiladi. O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga Amerika kapitalining jalb etilishi hamda kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar keltiriladi. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston–AQSH strategik hamkorligining evolyutsiyasi va uning iqtisodiy asosi to‘g‘risida ilmiy xulosalar beradi.
Kalit so'zlar: AQSH, O‘zbekiston, xalq diplomatiyasi, iqtisodiy hamkorlik, investitsiya, savdo munosabatlari, AQSH hukumat idoralari, nohukumat tashkilotlar (NNT), TDA, OPIC, EximBank, USAID, iqtisodiy diplomatiya, infratuzilma loyihalari, qo‘shma dasturlar, ikki tomonlama munosabatlar, strategik hamkorlik, iqtisodiy rivojlanish, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliyaviy institutlar.
Jurnaldagi sahifalar: 518 - 525