18.02.2023
318
ALISHER NAVOIY IJODINING TURKIYADA O‘RGANILISHI XUSUSIDA

Muallif: Raximova, Yulduz Dilmurod qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Navoiy haqida Yevropa navoiyshunos olimlarining tanqidiy fikrlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, qardosh turk xalqi Hazrat Mir Alisher Navoiyni qay darajada o’rganganligi, o’tgan asrning 60-yillarida Turkiyada chop etilgan navoiyshunos olim Ogoh Sirri Levendning “Alisher Navoiy” nomli kitobi Navoiy ijodining turk olamida o’rganilishi, turk tarixchilari nazarida Navoiy asarlari tadqiq etilishi haqidagi ilmiy qarashlarga to’xtalib o’tamiz. Olim Navoiy hayoti va ijodini mufassil tadqiq etadi. Uning bolalik va yigitlik davridan tortib, umrining oxirigacha bo’lgan davri haqida ishonchli ma’lumotlar qoldiradi. Shu bilan birga olim o’z kitobida Navoiy asarlarida ishlatilgan adabiy til va uning me’yorlariga oid qimmatli ma’lumotlarni keltirib o’tadi. Navoiy “Xamsa” asari va o’zidan oldingi yozilgan xamsalarning o’xshash va farqli jihatlarini farqlaydi; monografiyada nazira, javob va tarjima atamalariga ham to’xtalib o’tiladi va buni “Xamsa” asarlaridan namunalar bilan isbotlab o’tadi. Ushbu maqolada Turkiyada saqlanayotgan shoirning asarlari qo’lyozma nusxalari haqida ma’lumot berib o’tiladi.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, Ogoh Sirri Levend , qo’lyozma nusxa, F.Ko’prulu, Revan kutubxonasi, Kamol Eraslan.

Jurnaldagi sahifalar: 261 - 265

Yuklab olish