11.06.2026
17
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA ARABIZMLARNING QO‘LLANISHIGA TA’SIR ETGAN EKSTRALINGVISTIK OMILLAR

Muallif: Muxiddinov, Muzaffar Ziyoviddin o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida arabizmlarning faol qo‘llanishiga ta’sir etgan ekstralingvistik omillar IMRAD talablari asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda “Nasoyim ul-muhabbat” va “Majolis un-nafois” asarlarida uchraydigan arabiy leksik birliklarning diniy-ma’rifiy, tasavvufiy, ijtimoiy-prestij, madrasaviy ta’lim hamda ko‘p tillilik muhiti bilan bog‘liq jihatlari yoritildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, arabizmlar Navoiy matnlarida faqat o‘zlashma leksika sifatida emas, balki diniy-falsafiy konseptlarni ifodalovchi, uslubiy yuksaklikni ta’minlovchi va XV asr madaniy-intellektual muhitini aks ettiruvchi muhim til hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. Arab tilining Qur’on, hadis, fiqh, tafsir, mantiq va tasavvuf ilmlaridagi nufuzi Navoiy ijodida arabcha birliklarning keng semantik maydonga ega bo‘lishiga zamin yaratgan. Maqolada arabizmlarning badiiy-estetik, terminologik va konseptual funksiyalari izchil tahlil qilinib, ularning turkiy adabiy til taraqqiyotidagi o‘rni asoslab berildi.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, arabizmlar, ekstralingvistik omillar, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Majolis un-nafois”, tasavvuf, ko‘p tillilik, madrasaviy ta’lim, leksik qatlam.

Jurnaldagi sahifalar: 243 - 248

Yuklab olish