10.01.2022
488
Alimova, R. R. (2021). XVI ASRNING IKKINCHI YARMIDA BUXORO XONLIGI BILAN ROSSIYA O ‘RTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI TARIXIDAN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 26-34.

Muallif: Alimova, Raxima Ruskulovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi rasmiy tus ola boshlagan elchilik aloqalari tarixi mahalliy va rus manbalari asosida yoritib beriladi. Unda 1558-1559 yillarda Buxoroda bo‘lgan Antoniy Jenkinson elchiligi, 1563-1564 yillarda Buxoro va Xivadan Moskvaga borgan elchilarni kutib olish, va 1583 yilda Buxorodan Moskvaga elchi bo‘lib borib qaygan elchilik va boshqa aloqalar xususida ma’lumotlar beriladi. XVI asr mahalliy muallif, tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriyning Markaziy Osiyo va Xurosonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid ma’lumotlarga boy bo‘lgan “Abdullanoma” (“Sharafnomayi shohiy”) asari va S.V.Jukovskiy, St.Russov, N.Veselovskiy kabi bir qator rus mualliflarining asarlarida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi elchilik aloqalari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Buxoro, Moskva, Antoniy Jenkinson, Hofiz Tanish al-Buxoriy, “Abdullanoma”, S.V.Jukovskiy, Russov, Ya.V.Xanikov, German, Zavyalov, N.I.Veselovskiy, V.Ulyaniskiy, O‘tamish xoji.

Yuklab olish