Muallif: Mirzayev, Sherali Maxmatqulovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashda nodavlat, notijorat va jamoat tashkilotlarining o‘rni, vazifalari hamda ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ijtimoiy muhofaza tizimining nazariy asoslari, davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik mexanizmlari hamda nodavlat sektorining ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishdagi ishtiroki yoritib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston va xalqaro tajriba misolida nodavlat tashkilotlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashdagi samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish istiqbollari tahlil etiladi. Maqola xulosalari ijtimoiy siyosatni takomillashtirish va aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishda amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: ijtimoiy muhofaza, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy siyosat.
Jurnaldagi sahifalar: 45 - 50