Muallif: Axmadaliyev, Abdurauf Abdurazzoq ogli; Matmurotov, Alibek Ravilovich
Annotatsiya: Hozirgi zamonaviy dunyoda reklama va turli xil xizmatlarni ilgari surish masalalari barcha kasblar, jumladan, advokatlik uchun ham dolzarb bo`lib bormoqda. Shuningdek advokatlik faoliyatini reklama qilish zamonaviy huquqiy xizmatlar bozorida ham eng asosiy masalalardan biri hisblanadi. Ushbu maqolada advokatlik faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni, advokatlik faoliyatida reklama munosabatlarinining o`ziga xos jihatlari hamda u bilan bog`liq muammoli vaziyatlarni hal qilish masalalari muhokama qilingan. Mazkur maqolada ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish uchun xalqaro tajriba va milliy qonunchiligimiz o`rganilib, reklama faoliyatini samarali va qonuniy tarzda amalga oshirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: advokatura, advokat, advokatlik faoliyati, reklama, reklama obyekti, huquqiy xizmatlar, huquqiy madaniyat, axborot oshkoraligi.
Jurnaldagi sahifalar: 352 - 359