Muallif: Valieva, Noiba Abbosxanovna
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot zamonaviy xitoy til tafakkurida an’anaviy xitoy til-madaniy modeli bo‘lgan “五福 [wǔfú]” (Besh baxt) tushunchasining sotsiolingvistik transformatsiyasini o‘rganadi. Tadqiqot baxt tushunchasini tashkil etuvchi jihatlarga — salomatlik, oila, moddiy farovonlik, kasbiy muvaffaqiyat, xotirjamlik va shaxsiy erkinlikka, shuningdek, ularning jins, yosh, oilaviy ahvol va ijtimoiy mavqe bilan o‘zaro bog‘liqligiga qaratilgan. Empirik ma’lumotlar WeChat platformasi orqali o‘tkazilgan so‘rovnoma yordamida to‘plangan bo‘lib, unda 100 nafar xitoylik respondent ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy “五福” modeli zamonaviy xitoy jamiyatida o‘z aksini topishda davom etmoqda; biroq uning ichki iyerarxiyasi hamda ayrim tarkibiy qismlarining semantik mazmuni sezilarli darajada o‘zgargan.
Kalit so'zlar: «Besh baxt» (五福) modeli, baxt tushunchasi, lingvistik ong, sotsiolingvistika, lingvomadaniyat, salomatlik, oila, mustahkam sog‘liq va farovonlik.
Jurnaldagi sahifalar: 64 - 65