16.02.2026
4
ZAMONAVIY BOSHQARUV FAOLIYATIDA GENDER TAFOFUTLARNING IJTIMOIY-ETNIK XUSUSIYATLARI

Muallif: Maxatova, Nozima Ismatillo qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy boshqaruv faoliyatida gender tafovutlarining mohiyati, ularning ijtimoiy va etnik omillar bilan o‘zaro aloqasi tahlil etiladi. Tadqiqotda boshqaruv tizimida erkaklar va ayollarning ishtiroki, rahbarlik uslublaridagi farqlar, madaniy an’analar va milliy qadriyatlarning bu jarayonga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Muallif zamonaviy jamiyatda gender tengligi tamoyillarini amalga oshirish, ayollar rahbarligining samaradorligini oshirish hamda etnik xilma-xillik sharoitida boshqaruv madaniyatini takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildiradi. Shuningdek, maqolada gender tafovutlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish, kommunikatsiya jarayoni va jamoaviy ish muhitiga ta’siri misollar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy-etnik omillarni inobatga olgan gender yondashuvi boshqaruv samaradorligini oshiradi va inson resurslarining to‘liq potensialidan foydalanishga imkon yaratadi.

Kalit so'zlar: gender tafovutlar, boshqaruv faoliyati, ijtimoiy-etnik xususiyatlar, rahbarlik uslubi, gender tengligi, ayollar rahbarligi, etnik madaniyat, boshqaruv madaniyati, inson resurslari, zamonaviy boshqaruv.

Jurnaldagi sahifalar: 172 - 175

Yuklab olish