Muallif: Xamdamov, Erkin Ibodullayevich
Annotatsiya: Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojib tomonidan yozilgan “Qutadg‘u bilig” asarining o‘zbek adabiyoti tarixidagi ahamiyati yoritilgan. Asarning g‘oyaviy-badiiy mazmuni, undagi axloqiy-falsafiy qarashlar, davlat va jamiyat boshqaruvi haqidagi fikrlar, adolat, ilmu hunar, donishmandlik, mehnat va odob-axloq kabi mavzular yoritilganligi tahlil qilinadi. Shuningdek, “Qutadg‘u bilig” asarining o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siri hamda bu asar orqali o‘zbek mumtoz adabiyotiga yo‘l ochilganligi haqida mulohazalar yuritiladi. Maqolada asarning didaktik xarakteri, timsollar orqali ifodalangan ijtimoiy-g‘oyaviy mazmuni va o‘zbek adabiy an’analariga qo‘shgan hissasi ilmiy jihatdan tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: Yusuf Xos Hojib, Qutadg‘u bilig, o‘zbek adabiyoti, adabiy meros, didaktik asar, davlat boshqaruvi, axloqiy-falsafiy qarashlar, adabiy til, badiiy tafakkur, o‘rta asr adabiyoti.
Jurnaldagi sahifalar: 661 - 665