Muallif: Kasimova, Zilola G‘ulomiddinovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida ilgari surilgan falsafiy qarashlar va avlodlararo vorisiylik an’analari tahlil qilinadi. Asar nafaqat o‘z davrining siyosiy-falsafiy tafakkur namunasi, balki zamonaviy jamiyat uchun ham muhim ijtimoiy-ma’naviy dastur sifatida e’tirof etiladi. Muallif tomonidan ilgari surilgan axloqiy qadriyatlar, adolat, rahbarlik mas’uliyati, ilm-fan va mehnatga munosabat kabi tamoyillar bugungi kundagi tarbiya, davlat boshqaruvi va fuqarolik ongining shakllanishida ham muhim o‘rin egallaydi. Mazkur maqola orqali biz “Qutadg‘u bilig”da ilgari surilgan fikrlarning zamonaviy ta’lim va tarbiya tizimiga ta’siri, yoshlar ongiga ta’sir darajasi hamda bu qadriyatlarning xalq hayotida tutgan o‘rni haqida keng qamrovli tahlil olib boramiz.
Kalit so'zlar: “Qutadg‘u bilig”, Yusuf Xos Hojib, falsafa, vorisiylik, ma’naviyat, axloq, tarixiy meros
Jurnaldagi sahifalar: 421 - 424