Muallif: Umarov, Muhammadqodir Shokirali o‘g‘li
Annotatsiya: Yusuf Xo‘ja Hojibning “Qutadg'u bilig” asari turk tilida yozilgan eng muhim falsafiy asarlardan biridir. Bu asar insonning axloqiy va ma'naviy rivojlanishiga, jamiyatda adolat va tinchlikni saqlashga qaratilgan qimmatli g‘oyalarni o'z ichiga oladi. Yusuf Xos Hojibning axloqiy qarashlari asosan insonning shaxsiy va ijtimoiy fazilatlarini rivojlantirishga, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni targ‘ib qilishga qaratilgan. Asarda Hojib axloqiy fazilatlar sifatida sabr, halollik, adolat, tinchlik va xushxulqlikni ta'kidlaydi. U, insonni axloqiy jihatdan to‘g‘ri yo‘lni tanlashga undaydi va har bir insonning shaxsiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratadi. Allomaning fikriga ko'ra, ijtimoiy barqarorlik va tinchlik faqat shaxsiy axloqiy fazilatlarni rivojlantirish orqali ta'minlanishi mumkin. Shu bilan birga, uning ta'limotida jamiyatda adolatni, tenglikni va ahil munosabatlarni saqlashning ahamiyati katta o'rin tutadi.
Kalit so'zlar: axloq, “Qutadg‘u bilig”, adolat, haqiqat, axloqiy fazilatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 842 - 846