Muallif: Saydaliyeva, Nigora
Annotatsiya: Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asaridagi axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalar yoritilgan. Asar XI asrda yaratilgan bo‘lib, unda davlat boshqaruvi, adolat, ilm, aql, din, odob-axloq, tarbiya kabi muhim ijtimoiy va ma’naviy masalalar falsafiy jihatdan tahlil etiladi. Muallif asar orqali insoniy fazilatlarni targ‘ib qilib, jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy mezoni sifatida axloq va tarbiyani ko‘rsatadi. Maqolada Kuntug‘di, Ozgmish, Og‘dulmish va Uzlug‘ kabi obrazlar orqali ifodalangan asosiy axloqiy fazilatlar chuqur tahlil etiladi. “Qutadgʻu bilig” bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, qadimiy, ammo abadiy qadriyatlar majmuasidir.
Kalit so'zlar: Yusuf Xos Hojib, Qutadgʻu bilig, axloq, tarbiya, adolat, ilm, aql, fazilat, davlat boshqaruvi, falsafa, didaktik doston, Kuntug‘di, Og‘dulmish, Uzlug‘.
Jurnaldagi sahifalar: 401 - 406