22.06.2025
56
YUSUF XOS HOJIB ILMIY MEROSINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Muallif: Abdumalikov, Raxmatulloh Abduqahhor o‘g‘li; Abdurahmonov, Xolboy To‘xtayevich

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola XI asrda yashab ijod qilgan buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib va uning “Qutadg‘u bilig” asarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan. Maqolada Yusuf Xos Hojibning hayoti, ijodi hamda uning ilmiy-ma’naviy merosi batafsil tahlil qilinadi. “Qutadg‘u bilig” asarining tarbiyaviy g‘oyalari, xususan shaxsiy kamolot, axloqiy barkamollik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari asosida yoshlarni tarbiyalashdagi roli o‘rganiladi. Maqolada “Qutadg‘u bilig”dagi to‘rt ramziy obraz — Kuntug‘di, Ayto‘ldi, O‘zg‘mish va Odg‘urmish orqali ifodalangan tarbiyaviy konsepsiyalar yoshlarning ma’naviy-axloqiy va intellektual kamolotida qanday ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning ilmiy-ma’naviy merosining zamonaviy yoshlar tarbiyasida, ayniqsa milliy istiqlol, ma’naviy tiklanish va madaniy merosni saqlash jarayonida tutgan o‘rni yoritiladi.

Kalit so'zlar: Yusuf Xos Hojib, Qutadg‘u bilig, Sharq falsafasi, Shaxsiy kamolot, Milliy qadriyatlar, Tarbiya, Ma’naviyat, Axloq, Yoshlar, Ilmiy meros.

Jurnaldagi sahifalar: 865 - 869

Yuklab olish