Muallif: Yavuz Ataman, Kemal
Annotatsiya: Turkiy xalqlar musulmon boʻlgandan soʻng, tarix rivojini oʻzgartirgan qudratli va kuchli davlatlarni barpo etishdi. Birinchi musulmon davlatlaridan biri bo‘lgan Qoraxoniylar davrida yaratilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari turkiy davlatchilik an’analari, davlat va jamiyat falsafasi sohasida yozilgan muhim va qimmatli adabiy asardir. “Qutadg‘u bilig” turkiylarning siyosiy, adabiy va ijtimoiy tarixida muhim o‘rin tutadi. Asarda Yusuf Xos Hojibning yuksak fazilatlari va xislatlari o‘z ifodasini topgan. Asar siyosatnoma yo‘nalishida yozilgan bo‘lsa-da, ko‘p jihatlari bilan bu turdagi boshqa asarlardan farq qiladi. Muallifning fikrlari, kuzatishlari, tahlillari va takliflari keyingi davrlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Yusuf Xos Hojibning mukammal axloqiy qarashlari va ilmiy saviyasi kitobning ta’sirchanligini oshirgan. Yusuf Hos Hojib o‘z g‘oyalarini diniy bilim va hayotiy tajriba bilan uyg‘unlashtirgan holda o‘zining sodda va ravon uslubi hamda nasihatlari bilan jamiyatdagi barcha qatlamlarni qamrab olgan. “Qutadg‘u bilig”da shaxs, jamiyat va davlat bir butun va o‘zaro bog‘liq holda idrok qilinadi, baholanadi va tartibga solinadi. Ushbu maqolada Yusuf Hos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari shaxs, jamiyat va davlat idroki doirasida tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Yusuf Xos Hojib, “Qutadg‘U Bilig”, Shaxs, Jamiyat, Davlat, Tasavvur, Komil İnson.
Jurnaldagi sahifalar: 501 - 508