17.05.2026
1
YAPON TILSHUNOSLIGIDA KO‘MAKCHI FE’LLAR ORQALI IFODALANUVCHI ASPEKT KATEGORIYASINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Muallif: Egamova, Kamola Akmal qizi

Annotatsiya: Fe’l kategoriyasi har qanday tilda zamon, holat va harakatning turli tomonlarini ifodalashda markaziy rol o‘ynaydi. Shu jihatdan, aspekt kabi grammatik birliklar tilshunoslikda alohida ahamiyat kasb etadi. Aspekt va zamon orasidagi farq ba’zan nozik bo‘lsa-da, ularni alohida tahlil qilish harakatning semantik ifodasini chuqurroq anglashga yordam beradi. Yapon tilida aspekt kategoriyasining grammatik birlik sifatida shakllanishi murakkab tarixiy jarayon bo‘lib, unda ko‘makchi fe’llar orqali semantik farqlanishlar bosqichma-bosqich grammatik tizimga ko‘chgan. Ushbu maqolada XX asr boshlaridan boshlab yapon tilshunosligida aspekt tushunchasining shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. Xususan, Takahashi, Kindaiichi, Suzuki, Yoshikava kabi olimlar tomonidan ilgari surilgan qarashlar asosida yapon tilida aspektual shakllarning grammatik kategoriya sifatida shakllanish jarayoni yoritiladi. Tadqiqot natijalari yapon tilidagi fe’l sistemasi va grammatik tipologiyaning muhim xususiyatlarini anglashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: aspekt, ko’makchi fe’l, zamon, kategoriya, grammatik ma’no.

Jurnaldagi sahifalar: 36 - 45

Yuklab olish