01.06.2025
28
YAPON TILIDAGI ISTAK VA XOHISHNI IFODALOVCHI FE’L SHAKLLARINI O‘ZBEK TILIDAGI V-MOQCHI FE’L SHAKLI BILAN QIYOSLASH VA YAPON TILI TA’LIMIGA TAKLIF

Muallif: Hidaka, Shinsuke

Annotatsiya: Oldingi tadqiqotlarda turkiy tillarning janubi-sharqiy guruhi tarkibiga kiruvchi o‘zbek tilidagi V-moqchi shakli niyat, reja va xohishni ifodalashi ta’kidlangan. Biroq, uning ma’nosi bo‘yicha yagona tavsif hali shakllanmagan. Ushbu tadqiqot V-moqchi shaklining ma’nosini to‘liq yagona tasvirlashni maqsad qilgan bo‘lib, u maqsad, reja va xohish alohida shakllar bilan ifodalanadigan yapon tili bilan qiyoslanadi. Xususan, ushbu shakl yapon tilidagi maqsadni ifodalovchi (-u)=tumori=da, xohish-istakni ifodalovchi (-i)-tai, hamda rejani ifodalovchi (-u)=yotei=da shakllari bilan solishtiriladi. Tahlil esa oldingi tadqiqotlardan olingan yoki muallif tomonidan tuzilgan misollarga asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, V-moqchi shakli maqsadni ifodalovchi (-u)=tumori=da hamda rejani ifodalovchi (-u)=yotei=da shakllari bilan mos keladi. Shu sababli, ushbu tadqiqot oxirda V-moqchi shakli asosan reja ma’nosini anglatadi degan xulosaga kelindi. O‘qituvchi o‘zbek tilisi ona tili bo‘lgan talabalarga yapon tilidagi (-i)-taini o‘rgatayotganda, shu xulosaga asoslanib, e’tiborga olish kerak bo‘lgan fikrni taklif qilaman.

Kalit so'zlar: yapon tili, o‘zbek tili, maqsad, reja fe’l shakli, V-moqchi

Jurnaldagi sahifalar: 94 - 104

Yuklab olish