08.10.2026
28
YAPON MUSTAMLAKASI DAVRIDA NASHR ETILGAN XOTIN-QIZLAR JURNALLARI TARIXI

Muallif: Abdusattorova, Farangiza Akramjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Koreyaning Yapon mustamlakasi davri (1910–1945) da shakllangan xotin-qizlar matbuoti tarixi, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda xotin-qizlar jurnal va gazetalarining paydo bo‘lish omillari, ularning ma’rifiy, milliy va feministik g‘oyalarni targ‘ib etishdagi ahamiyati yoritilgan. Xususan, xotin-qizlar matbuoti orqali ta’lim, oilaviy munosabatlar, milliy o‘zlik, xotin-qizlar huquqlari hamda mustamlakachilikka qarshi qarashlarning qanday ifodalangani ko‘rib chiqiladi. Maqolada “Shinyosong”, “Yojagye”, “Kajong” kabi xotin-qizlar jurnallarining faoliyati va ularning koreys jamiyatida modernizatsiya jarayonlariga ta’siri tarixiy manbalar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, yapon senzura siyosati va matbuot nazoratining xotin-qizlar nashrlariga ko‘rsatgan ta’siri ham ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xotin-qizlar jurnallari nafaqat ma’rifiy vosita, balki milliy ong va ayollar ijtimoiy faolligini shakllantirishda muhim platforma vazifasini bajargan.

Kalit so'zlar: xotin-qizlar matbuoti, Yapon mustamlakasi, Koreya tarixi, jurnalistika, feministik harakat, milliy ong, senzura, modernizatsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 274 - 279

Yuklab olish