11.06.2025
14
YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA YUSUF XOS HOJIB MA’NAVIY MEROSINING O‘RNI

Muallif: Babajanova, Diloram

Annotatsiya: Mazkur maqola Yangi O‘zbekistonda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda, buyuk ajdodlar xotirasi hurmat va ehtirom ko‘rsatishda buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib ma’naviy merosining o‘rni masalasiga bag‘ishlangan. Yusuf Xos Hojibning boy ma’naviy merosi O‘zbekistondagi ma’naviy va axloqiy qadriyatlarning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Maqolada mutafakkir asarlarining zamonaviy O‘zbekistonning ma’naviy rivojidagi ahamiyatini, insonparvarlik, adolat va ma’rifat tushunchalarini o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari bilan uyg‘un holda bog‘lashga harakat qilingan. Shuningdek, maqolada alloma axloqiy va ma’naviy ta’limotining Yangi O‘zbekiston yoshlari ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Yusuf Xos Hojib, ma’naviy meros, Qutadg‘u bilig, ma’rifat, yoshlar ma’naviyati, Yangi O‘zbekiston, axloqiy qadriyatlar, milliy qadriyatlar.

Jurnaldagi sahifalar: 185 - 192

Yuklab olish