Muallif: Axatov, I.N.
Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida nafaqat iqtisodiy va siyosiy, balki ma’naviy-ma’rifiy yuksalish ham muhim oʻrin tutishiga e’tibor qaratilgan. Zero, jamiyat taraqqiyotining asosi bu – xalqning ma’naviyati, tarixiy xotirasi va milliy oʻzligidir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Yangi Oʻzbekistonning ma’naviy poydevorini mustahkamlashda buyuk ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho ma’naviy merosga murojaat qilish gʻoyat muhim o‘rin tutishi izohlangan. Bu borada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asariga murojaat qilingan.
Kalit so'zlar: Yangi Oʻzbekiston, Uchinchi Renessans, Yusuf Xos Hojib, Qutadg‘u bilig, ma’naviy meros, allomalar, ta’lim-tarbiya, ilm-fan.
Jurnaldagi sahifalar: 666 - 670