01.06.2026
38
XITOYNING “YANGI XAVFSIZLIK KONSEPSIYASI” MINTAQAVIY HAMKORLIK VA XAVFSIZLIK FALSAFASI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)”

Muallif: Abdazimov, Javlon

Annotatsiya: Bugun jahonda yuz berayotgan global o‘zgarishlar fonida davlatlar tinchlik, taraqqiyot, hamkorlik va umumiy muvaffaqiyatga erishish bayrog‘ini baland tutish zarur. Davlatning ichki va xalqaro faoliyati borasida rejalarini muvofiqlashtirish, ikki muhim vazifa – tinchlik va taraqqiyotni birlashtirish darkor. Bosh rishta - tinchlik va taraqqiyotni qattiq ushlab, milliy tiklanish sari borish, davlat suvereniteti, xavfsizlik va taraqqiyot manfaatlarini og‘ishmasdan himoya qilish lozim. Bizning mamlakatimiz tinch va osoyishta rivojlanish uchun yanada qulay xalqaro vaziyat yaratish, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish hamda muhim strategik qulayliklar davrini saqlash va davom ettirish sari ildam bormoqdamiz. Hozirgi dunyo – bu o‘zgarishlar dunyosidir, unda tinimsiz yangi imkoniyatlar va yangi tahdidlar paydo bo‘lmoqda. Bu – xalqaro munosabatlar va xalqaro tartibot tizimida ulkan qayta shakllanish boshidan kechirayotgan dunyodir. Bu – xalqaro kuchlar nisbatan tinchlik va taraqqiyot foydasiga chuqur o‘zgarishlar yuz berayotgan dunyodir. Ayni vaqtda biz turfa xavf va tahdidlarga alohida e’tibor qaratishimiz, xatarlarni qulay imkoniyatlarga aylantirishni, tang vaziyatlardan chiqib olishni o‘rganishimiz lozim.

Kalit so'zlar: Xitoy Xalq Respublikasi, O‘zbekiston,“yangi xavfsizlik konsepsiyasi”, ASEAN Regional Forumi, “Harmoniyali dunyo”

Jurnaldagi sahifalar: 157 - 160

Yuklab olish